Nima uchun Toshkent?
31 million aholiga ega O‘zbekiston paxta va ipak yetishtirish bilan ajralib turadi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport hajmini oshirish istagida bo‘lgan professionallar uchun muhim geosiyosiy mavqega ega. 2017-yilda xususiy sektorni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistonda iqtisodiy faollik sur’atini oshirdi va O‘zbekistonni xalqaro maydonda ideal savdo markaziga aylantirdi.

So‘nggi yillarda savdo imkoniyatlari bilan e’tibor tortayotgan mazkur mamlakat mintaqadagi boshqa davlatlar, xususan, qo‘shnilari uchun muhim uchrashuv nuqtasiga aylandi.
Ayniqsa, keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotining mustahkamlanishi bilan ijtimoiy hayotning sur’ati kundan-kunga oshmoqda, tijoriy faoliyatlarda ayniqsa qurilish investitsiyalari ortdi. Mamlakat o‘zining boy o‘tmishi va madaniy qadriyatlari bilan birga yangi mehmonxonalari, restoranlari, kafelari, kongress-xolllari va yashash maydonlari bilan ham sayyohlik faoliyati va savdo imkoniyatlari jihatidan sezilarli yutuqlarga erishmoqda.
Turkiya va O‘zbekistonning kuchli savdo aloqalari
O‘zbekiston ko‘plab davlatlar uchun bo‘lganidek Turkiya uchun ham katta ahamiyatga ega qardosh davlat hisoblanadi. So‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasida savdo va investitsion hamkorlik kengayib, bu borada muhim qadamlar qo‘yildi. O‘zbekistonning eng yirik savdo sheriklaridan biri hisoblanuvchi Turkiya ikki davlat o‘rtasidagi o‘rtacha savdo hajmini oshiradi. 2019-yilda 2 milliard dollar bo‘lgan savdo hajmini 2024-yilga kelib 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Tashkent Home Deco Show va uning maxsus maydoni “Hospitality”da chinni va shisha idishlar hamda HoReCa sanoatini jonlantirish uchun qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir. Yarmarka ikki davlat iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shishi maqsad qilingan.